14 Yanvar 2022 yil 1686

Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Hurmatli hamkasblar!

Ichki ishlar organlari xodimlari, harbiy xizmatchilar, soha faxriylari va xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan xodimlarning oila aʼzolari! Sizlarni va sizlarning timsolingizda butun xalqimizni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining shonli 30 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan samimiy tabriklayman. Sizlarga eng ezgu tilaklarimni bildirib, katta kuch-g‘ayrat va shijoat yor bo‘lishiga tilakdoshman!

Aziz do‘stlar!

“Xalq va armiya – bir tanu bir jondir” degan g‘oya asosida, aniq maqsadga qaratilgan ishlarning olib borilayotgani ham armiyamiz qiyofasini ham, ham harbiy xizmatning mazmun-mohiyatini tubdan yangilab, o‘zgartirmoqda, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.

Kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Shavkat Miromonovich Mirziyoyev sana munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigida, “...Muqaddas qasamyodiga hamisha sodiq, el-yurt himoyasi yo‘lida metin qalqon bo‘lgan mard va jasur harbiylarimiz O‘zbekistonning chinakam vatanparvar bahodirlari, desak ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. xalqimiz o‘zining sizlar kabi botir va dovyurak farzandlari – Vatanimizning haqiqiy posbonlari bilan haqli ravishda faxrlanadi”, deya yurtning mardi maydon o‘g‘lonlarini yuksak eʼtirof etdi.

Shu o‘rinda alohida taʼkidlash joizki, so‘nggi vaqtlarda yon-atrofimizda ro‘y berayotgan voqealar muhim haqiqatni isbotlamoqda. Yaʼni o‘z qadriyatlari, suvereniteti, erkinligini himoya qilish uchun davlat eng avvalo harbiy jihatdan kuchli bo‘lishi kerak va buni bugungi davr taqazo etmoqda. Bunda davlat kuchining muhim asosi bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlari, sarhadlarimiz daxlsizligini taʼminlayotgan, el-yurt tinchligi va xavfsizligini himoya qilayotgan Qurolli Kuchlarimiz xizmatchilari ulkan ibrat va katta matonat namunasini ko‘rsatmoqda.

Ishonamanki, Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilishni oliy burchi deb biluvchi hamkasblarimiz zimmasiga yuklatilgan yuksak vazifalarni chuqur his etgan holda, burchlarini vijdonan bajarib, xalqimiz va davlat rahbari tomonidan bildirilgan yuksak ishonchni oqlab, barcha saʼy-harakatlarini inson qadri uchun ekanligini chuqur anglaydilar.

Qadrli hamkasblar!

Barchangizni yana bir bor bayram bilan qutlab, Sizlarga tan-sihatlik, oilaviy xotirjamlik, Vatan va el manfaati yo‘lidagi ishlaringizda muvaffaqiyat tilab qolaman!

Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!

Tohir Aripov,

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik

Text to speech