20 Dekabr 2022 yil 89

Akademik litseyida arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkasi tashkil etildi

Yangi yil bayrami munosabati bilan Qibray tumanida joylashgan IIV 2-son Toshkent akademik litseyida arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkada litsey oʻquvchi va oʻqituvchilar bilan birgalikda shu yerda yashovchi aholi ham arzonlashtirilgan mahsulotlardan xarid qilishdi.

Yarmarkada goʻsht va goʻsht mahsulotlari va yogʻdan tortib shirinlik va boshqa mahsulotlargacha yetkazib kelindi.

Shuningdek, yana bir rastada yarmarka ishtirokchilari uchun arzonlashtirilgan kitoblar ham keltirildi. Tadbir aholiga ham oʻquvchilarga ham birdek manzur boʻldi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech