17 Dekabr 2022 yil 538

Bayram oldidan saf ko‘rigi va tantanali yurish mashg‘uloti o‘tkazildi

Ayni kunlarda Yangi yil bayramiga tayyorgarlik ko‘rish bayramni ko‘tarinki ruhda, tinch va osoyishta o‘tkazishda, jamoat tartibini saqlash, yo‘l harakati hamda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash vazifasi ichki ishlar organlari xodimlaridan yana-da hushyor bo‘lishni talab etiladi.

Shu munosabat bilan, Toshkent viloyati ichki ishlar organlari xodimlarning shayligini ko‘zdan kechirish maqsadida shaxsiy tarkib o‘rtasida saf ko‘rigi va tantanali yurish mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Dastlab, viloyat IIBB boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Ziyod Iminov so‘zga chiqib, shaxsiy tarkibga bayram kunlari xizmatni tashkil qilish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

– Bayram kunlarida xizmat (navbatchilik)da bo‘layotgan xodimlar, xizmat intizomi va qonunchilikka qatʼiy rioya qilgan holda xizmat olib borish, jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash asosiy vazifangiz, -dedi polkovnik Iminov. – Xizmat vaqtida fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lish, har qanday vaziyatda ham hushyor bo‘lib, bayramni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazish ham talab ham buyruq.

Shuningdek, saf ko‘rigi davomida xodimlarning xizmat vaqtidagi tashqi ko‘rinishi, xizmat kiyim (forma)lari, zarur hujjat va anjomlari ko‘zdan kechirildi. Mavjud kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish bo‘yicha masʼul rahbarlarga topshiriq berildi. Tadbir shaxsiy tarkibning tantanali yurishi bilan yakunlandi.

Text to speech