4 Mart 2022 yil 613

Bekobod tumani 3-sektor hududida navbatdagi sayyor qabul o’tkazildi

Kecha, 3-mart kuni Toshkent viloyati IIBB boshlig'ining o'rinbosari polkovnik Dilmurod Xudjaqulov boshchiligida Bekobod tumani 3-sektor hududi, “Achamayli” MFY aholisi uchun sayyor qabul tashkil etdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan sayyor qabulda, aholining ichki ishlar organlar xizmatiga qayta tiklash, moddiy yordam ko’rsatish, tadbirkorlik faoliyatini boshlashga ko’mak berish, ayollarni ish bilan ta’minlash va shu kabi boshqa  murojaat va takliflari eshitildi. Tuman korxona va tashkilot rahbarlari bilan birgalikda murojaatlarning aksariyati shu joyning o'zida ijobiy hal etilgan bo’lsa,  muddat talab etadigan murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.

Qabul davomida 7 nafar 16 yoshga to’lgan mahalla yoshlariga ID-karta topshirildi.

IIBB Axborot xizmati

Text to speech