3 Fevral 2023 yil 466

Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmagan aylantirish – kun tartibidagi masala

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi magistraturasining “Tashkiliy-taktik boshqaruv” mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan tinglovchilar “Ichki ishlar organlarining kadrlar bilan ishlash faoliyatini tashkil etish” moduli yakuni bo‘yicha ilmiy va malakaviy amaliyotga chiqishdi.

Amaliyot davomida Toshkent viloyati IIBB va uning sohaviy xizmatlari hamda vazirlik tasarrufidagi 2-son Akademik litseyida bo‘lib, ularning faoliyati va amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

Tanishuv doirasida olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliyotga tatbiq etish, shuningdek xodimlar o‘rtasida “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori hamda “Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyati va xizmat intizomi kodeksi” mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan magistratura tinglovchilari, xodimlar o‘rtasida o‘zaro muloqot tashkil etildi.

Jumladan muloqot davomida so‘zga chiqqanlar maʼnaviy-maʼrifiy, tarbiyaviy va profilaktik tadbirlar yo‘nalishida qabul qilingan mazkur Kodeksda belgilangan qoida va talablarni barcha xodimlar bilishi, ularga qatʼiy va so‘zsiz amal qilishi majburiy hisoblanishini taʼkidlab o‘tib, tizimni “Inson qadri uchun” tamoyili asosida aholining chinakam qo‘riqchisiga, ishongan va suyangan tizimga aylantirish bugungi kunning muhim vazifasi ekanligini bildirdilar.

Shuningdek, tinglovchilar respublikaga namuna bo‘layotgan Bo‘stonlik tumani va Angren shahar ichki ishlar boshqarmalari hamda Bosh boshqarma Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Jarayonda xodimlar bilan uchrashuv va suhbatlar tashkil etildi.

Bundan tashqari, tinglovchilar 2-mintaqaviy markaz faoliyati bilan tanishish davomida “Toshkent viloyati IIBB tarixi muzeyi”da ham bo‘lib, viloyat tarixida IIOlari bilan bog‘liq bo‘lgan voqea hodisalar, o‘sha davrdagi yaratilgan tizim haqida taassurotlarga ega bo‘lishdi. Jarayonda xizmat burchini bajarish chog‘ida mardlarcha halok bo‘lgan xodimlar xotirasiga hurmat bajo keltirishdi.

Bir so‘z bilan aytganda amaliyot magistratura tinglovchilariga olingan bilim va ko‘nikmalarini yana-da mustahkamlashga o‘z hissasini qo‘shdi.

Text to speech