15 Iyun 2022 yil 468

YHXB boshligʻiga pora taklif qilgan shaxs daliliy ashyo bilan ushlandi

“Intizom oyligi” doirasida IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi va prokuratura xodimlari hamkorligida navbatdagi tezkor tadbir oʻtkazildi

Tadbir davomida, fuqaro 2000 y t M J (Surxondaryo viloyatida yashovchi) tuman YHXB boshligʻiga pora tariqasida 1 500.000 soʻm taklif qilgan va undan 1 mln soʻmini berayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlandi.

Maʼlum boʻlishicha, ushbu haydovchi bir kun avval oʻzining "Cobalt" rusumli avtomobilida Chinoz tumani hududida harakatlanib ketayotgan vaqtida YPX xodimining qonuniy talabiga boʻysunmagani va qoidabuzarligi sabab avtomobil jarima maydoniga qoʻyilgan.

Haydovchi esa xodimdan pora evaziga maʼmuriy bayonnomani uning foydasiga hal qilishni va avtomashinasini jarima maydonidan olib chiqib berishini soʻragan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIBB Axborot xizmati

Text to speech