10 May 2023 yil 12404

Musobaqa g‘oliblari Samarqandga sayohatga borishdi

Joriy yilning aprel oyida voleybol bo‘yicha maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasi Toshkent viloyati bosqichi o‘tkazilib, final o‘yini g‘oliblari Samarqand viloyatiga sayohat yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgan edi.

Kuni kecha g‘oliblar Toshkent viloyati IIBB tashabbusi bilan Samarqand viloyatida bo‘lishdi.

– Samarqandning noyob meʼmoriy obidalari  hamda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan shaharda barpo etilgan madaniy-maʼrifiy inshootlar, sayilgohlar va shaharda qad ko‘tarayotgan binolarni tomosha qilar ekanmiz, ko‘hna va hamisha navqiron shahar deya taʼrif beriladigan  Samarqandning o‘tmishi qanchalik buyukligidan, keyingi yillarda bu erda amalga oshirilgan o‘zgarishlar uning shuhratini yana-da oshganligiga guvoh bo‘ldik, -deydi sayohatga borga o‘quvchilardan biri. – Asosiysi, tarixi boy, kelajagi buyuk O‘zbekistonimizning farzandi, yuksak aql-zakovati va bunyodkorlik salohiyati bilan dunyoga mashhur ajdodlarning vorisi ekanimizdan faxrlanamiz.

Bir so‘z bilan aytganda, sayohatchilar navqiron Samarqandning qadimiy tarixi va mustaqillik yillarida barpo etilgan bunyodkorlik majmualari to‘g‘risida katta taassurotlarga ega bo‘ldilar.

Text to speech