20 May 2023 yil 13466

"Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida o‘quv seminarlar o‘tkazilmoqda

“Obod va xavfsiz mahalla tamoyili asosida xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilash to‘g‘risida”gi qo‘shma qaror mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha joylarda “mahalla beshligi” (mahalla raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli)ga o‘quv seminari tashkil etilmoqda.

Navbatdagi o‘quv seminari O‘rta Chirchiq tumani hamda Nurafshon shahrida o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat IIBB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi masʼullari, hokimlik va sektor vakillari, respublika ishchi guruhi aʼzolari ishtirok etib, so‘zga chiqqanlar mahallalarda huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish borasidagi yangi yo‘nalish va mexanizmlar bo‘yicha tushunchalar berishdi.

Tadbir so‘ngida qo‘shma qaror doirasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan topshiriq va vazifalar bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi.

Text to speech