15 May 2023 yil 14375

Oila - baxt va halovat qo‘rg‘onidir

Bugun, 15 may — Xalqaro oila kuni. Oila har bir xalqning, millatning davomiyligini saqlovchi, milliy qadriyatlar rivojini taʼminlovchi, maʼnaviy va jismoniy barkamol avlodni dunyoga keltirib tarbiyalovchi maskandir.

O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror hamda Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yana-da qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmonlarda ushbu kunni nishonlash to‘g‘risida belgilangan.

Yurtimizda oilani mustahkamlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar xalqaro hamjamiyatlarda yuksak eʼtiroflarga sazovor bo‘layotganligi ham bejiz emas.

Qonunchilikka nazar solsak oilaga katta eʼtibor berilganligini, jumladan, uni qanday tashkil qilish, oila aʼzolarining huquqlari va burchlari, umuman oilaviy hayotning barcha masalalariga urg‘u berib o‘tilganligini ko‘rishimiz mumkin.

Maʼlumki, oila mehr-muhabbat hurmat va hamjihatlik manbai asosida yetuk jamiyatni barpo etadi. Oilaning farovonligi mamlakat rivojining o‘lchovi sifatida baholanadi.

Zero, oila har bir xalqning, millatning davomiyligini saqlovchi, milliy qadriyatlar rivojini taʼminlovchi, maʼnaviy va jismoniy barkamol avlodni dunyoga keltirib tarbiyalovchi maskandir.

Barcha oilalar hamisha tinch va farovon bo‘lsin.

IIBB Axborot xizmati

Text to speech