23 Sentyabr 2021 yil 510

Oʻzi ishlayotgan tashkilotdan 14 mln soʻmlik metallni yashirincha olib chiqqan shaxs YPX inspektori tomonidan ushlandi

“Toshkent viloyati IQM filiali Chirchiq uchastkasi”da kran boshqaruvchi boʻlib ishlovchi 1983 yilda tugʻilgan fuqaro P.D. moddiy daromad orttirish maqsadida, oʻzi ishlab kelayotgan tashkilotga qarashli qora metall parcha (truba)larni yashirin ravishda talon-toroj qilgan va oldindan 200 ming soʻm evaziga oʻzi tomonidan yollangan “Zil-130” rusumli avtomashinaga yuklab, nomaʼlum tomonga olib ketayotgan vaqtida Chirchiq shahar IIB YPX inspektori serjant J.Atajanov tomonidan ushlangan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida “Zil-130” avtomashina haydovchisi S.M.dan ashyoviy dalil tariqasida olingan qora metall parchasi va trubalarning sof ogʻirligi 6 860 kg ni tashkil etganligi va ushbu metallning umumiy qiymati 13 mln 726 ming soʻmligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro P.D. ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

 

IIBB Axborot xizmati

Text to speech