1 Oktyabr 2021 yil 81

Пискент туманидаги мактаб интернатида байрам тадбири ўтказилди

Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internat oʻtkazilgan xayriya tadbirida IIV masʼul rahbarlari ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni  tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi  qarori ijrosini taʼminlash hamda 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Piskent tumanidagi maktab internatida xayriya tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda IIV HPBB boshligʻi polkovnik Baxtiyor Berdialiyev boshchiligida viloyat IIBB masʼullari va internat murabbiylari hamda tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi.

Tantana avvalida polkovnik Baxtiyor Berdialiyev soʻzga chiqib muassasa oʻqituvchilarini 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy qutlab, internat rahbariga vazirlikning tashakkurnomasini topshirdi. Shuningdek, masʼullar bolalarga ham vazirlikning esdalik sovgʻalari topshirilib, ularning quvonchiga sherik boʻlishdi.

Tadbirning badiiy qismida tarbiyalanuvchilar tomonidan tayyorlangan bayram dasturi va koʻrgazmali chiqishlar namoyish etildi.

IIBB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech