20 Dekabr 2022 yil 158

Prezident Murojaatnomasi IIV 2-son Toshkent akademik litseyi oʻquvchilari va oʻqituvchilari tomonidan tinglandi va iliq kutib olindi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasi IIV 2-son Toshkent akademik litseyida oʻquvchilari va oʻqituvchilari tomonidan tinglandi va iliq kutib olindi.

400 nafar yoshlar tahsil oladigan mazkur litsey oʻquvchilarining barchasi, oʻqituvchilar Murojaatnomani katta qiziqish va hayajon bilan tinglashdi va bu borada oʻzlarining fikr mulohazalarini ham bildirishdi.

"Murojaatnomani tinglab davlat rahbari xalq farovonligi va vatanimiz ravnaqi uchun barchani birdek harakat qilishga chorlayotlari his qilib, bu boʻyicha asosiy yoʻnalishlar belgilab olingani eshitdim, -deydi litsey oʻquvchisi Guliraʼno Alimova. - Ayniqsa oliy taʼlim toʻgʻrisida taʼkidlaganlari, har sohada yoshlarga katta eʼtibor qaratayotganlari bizlarga yanada katta masʼuliyat yuklaydi. Oʻylaymanki Murojaatnoma men va men kabi tengdoshlarimga kelajakdagi rejalarimizni amalga oshishi uchun motivatsiya boʻladi.

Murojaatnoma soʻngida rahbariyat ishtirokida oʻquvchilarning fikr mulohazalari, munosabatlari tinglandi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech