28 Yanvar 2023 yil 828

Qibray tumanida sodir bo‘lgan holat yuzasidan

Joriy yilning 26 yanvar kuni, kech soat 20:00larda, Qibray tumani «Yangihayot» MFYda yashovchi fuqaro, shu hududda joylashgan IIB huquq tartibot maskaniga shoshilib keladi va xonadonida janjal bo‘layotganini aytib yordam so‘raygan.

Xabarga asosan, tungi xizmatga biriktirilgan 2 nafar profilaktika inspektori fuqaro bilan birga uning uyiga yetib boradi. Xonadonda inspektorlar chaqiruv egasining 19 va 20 yoshlardagi o‘g‘illari urishib, bir biriga pichoq bilan tahdid qilayotganiga guvoh bo‘ladilar. Ajratmoqchi bo‘lganida, ulardan biri inspektorlarga ham qo‘lidagi pichoq bilan tahdid qilganligi atrofdagi kuzatuv kamerasiga muhrlanadi.

Profilaktika inspektorlari ushbu shaxslarni xavfsizlantirgach hududiy huquq tartibot maskaniga olib keladilar.

Holat yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtirish vaqtida, fuqaro yana janjalni davom ettirib, inspektorning xizmat xonasida bo‘lgan qaychini qo‘liga olgan va xodimlarga o‘qtalib yengil tan jarohati yetkazgan.

U harakatlarini davom ettirgach, xodimlar xavfsizlikni taʼminlash maqsadida qo‘lidagi tig‘li jismi olib, unga kishan taqib qo‘yganlar.

Oradan bir oz vaqt o‘tgach ushbu fuqaroda tibbiy atamasi «epilepsiya», yaʼni tutqanoq kasalligi qo‘zg‘alib u o‘zini noodatiy tuta boshlagan. Ayni shu vaqtda, uning oila aʼzolari qidirib, huquq tartibot maskaniga kirib keladi.

Voqeani video tasvirga olib, go‘yoki IIB xodimlari fuqaroni kaltaklab shu ko‘yga soldi, mazmunida izohlaganlar. Lekin, mazkur jarayonda xodimlar tomonidan fuqarolarga nisbatan kuch ishlatilmagan.

Hozirda holat yuzasidan qonuniylikni taʼminlash maqsadida tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Najitasida yuzasidan batafsil axborot beriladi.

Text to speech