12 Yanvar 2022 yil 805

Qo‘l-barmoq izlari yordamida 123 ta jinoyat fosh etilgan – Ekspert-kriminalistika xizmati

Toshkent viloyati IIBB Ekspert-kriminalistika xizmati xodimlari tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashish, sodir etilgan jinoyatlarni ochish va tergov qilishda ilmiy-texnikaviy vosita va usullaridan foydalanish borasida ishlar maʼlum qilindi.

Jumladan, hodisa sodir bo‘lgan joylarni ko‘zdan kechirishda xizmat xodimlari 7 000 martadan ortiq qatnashgan bo‘lib, bunda ko‘zdan kechirish samaradorligi 99,8 foizni tashkil etgan.

Shuningdek, xizmat tomonidan 2021 yil davomida 3 393 ta ekspertiza bajarilgan bo‘lib, ularning 3 386 tasi yoki 99,7 foizida ijobiy natijaga qayd etilgan.

Xususan, Ekspertlar tomonidan voqea joylarini ko‘zdan kechirish jarayonida qo‘l barmoq izlari olishi mumkin bo‘lgan og‘ir va o‘ta og‘ir bo‘lgan jinoyatlar – qotillik, bosqinchilik, og‘ir tan jarohati yetkazish, avtoulovni olib qochish, o‘g‘irlik jinoyati sodir etilgan joydan tadqiqot uchun yaroqli qo‘l-barmoq izlari olingan bo‘lib, ular orqali 123 ta jinoyat fosh etilishiga erishilgan.

IIBB Axborot xizmati

Text to speech