15 Sentyabr 2021 yil 584

Tomorqadan qariyb 800 tup kannabis dalilliy ashyo sifatida olindi

Toshkent viloyati IIBB xodimlari tomonidan “Qora dori - 2021” tezkor tadbirini o‘tkazish davomida Ohangaron tumanida yashovchi 38 yoshli B.J.ning xonadoni xolislar ishtirokida tekshiriladi.

Tadbir davomida xonadon tomorqasining 200 m2 ochiq maydonida o‘tkir hidli giyohvand o‘simligiga o‘xshash o‘simliklar zich holatda ekilganligi, tomorqada joylashgan makkajo‘xori ekinlari orasida ham 59 tup o‘tkir hidli giyohvand o‘simligiga o‘xshash o‘simlik tuplari va yelim idishda 8 tup yashil rangli o‘tkir hidli giyohvand o‘simligiga o‘xshash o‘simlik tuplari parvarishlab kelayotganligi, hovlida 1 tup quruq holdagi giyohvand o‘simligiga o‘xshash o‘simlik saqlanayotganligi aniqlangan va ushbu o‘simliklar o‘rnatilgan tartibda hujjatlashtirib olingan.

Sud-kimyoviy ekspertizaning xulosasiga ko‘ra, tadbir davomida B.J. ning xonadonidan olingan jami 803 tup va 171 gramm miqdordagi ho‘l holdagi o‘simlik tuplari tarkibida faol giyohvand modda tetragidrokannabinol mavjud bo‘lib, bu o‘simlik moddalari “kannabis” giyohvandlik vositasi turiga kirishi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan B.J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech