14 Mart 2022 yil 880

Oʻgʻrilik jinoyati “issiq izida” fosh etildi

Avtomobil oynasini sindirib, uning ichidagi buyumlarni oʻgʻirlashga uringan shaxs tungi xizmatda boʻlgan PPX xodimlari tomonidan voqea joyida ushlandi.

Toshkent viloyatida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish hamda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida koʻrilayotgan choralar natijasida yana bir jinoyat “issiq izida” fosh etildi.

Xususan, viloyat IIBB PPX xodimlari tungi soat taxminan 01:00larda Yangiyoʻl shahri “Toshkent shoh” koʻchasida joylashgan koʻp qavatli uylar atrofini koʻzdan kechirayotgan vaqtida, oʻzga shaxsga tegishli boʻlgan Nexia avtomashinasi old yon oynalarini sindirib, oʻgʻirlik sodir etayotgan 2002 yilda tugʻilgan K.R. ni voqea joyida ushlaganlar va uning harakatlariga chek qoʻyilgan.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Yangiyoʻl shahar IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

IIBB Axborot xizmati

Text to speech