11 Oktyabr 2021 yil 608

Qoʻshning tinch-sen tinch – Navbatdagi maʼrifat soati shu mavzuda boʻlib oʻtdi

Bugun viloyat IIBBda oʻtkazilgan maʼrifat soati Qoʻshning tinch-sen tinch – Afgʻonistondagi siyosiy oʻzgarishlar misolida mavzusida boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda maʼruzachi sifatida siyosiy sharhlovchi Gʻofurjon Jamolov ishtirok etib, Afgʻonistondagi siyosiy oʻzgarishlari, tarixi va bugungi kundagi siyosatigacha, shuningdek, Oʻzbekiston bilan yaqin qoʻshnichilik va strategik sherikchilik masalalarigacha toʻxtalib oʻtdi.

– Mamlakatimiz qoʻshni Afgʻon yurtida tinchlik va barqarorlik taʼminlanishi yoʻlida koʻplab eʼtiborga molik saʼy-harakatlarni amalga oshirmoqda. Davlat rahbari tomonidan yirik xalqaro tashkilotlar yigʻilishlarida, nufuzli minbarlardan turib aniq takliflar ilgari surilmoqda. Bularning barchasi Afgʻoniston va mintaqa osoyishtaligiga, farovonligiga xizmat qilmoqda, -dedi maʼruzachi.

Shuningdek, yigʻilish soʻngida IIBB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik Jahongir Abdujalilov xodimlarni qonunchilik va xizmat intizomiga rioya qilishlari yuzasidan maʼruza qildi.

Kuni kecha IIV rahbariyati tomonidan oʻtkazilgan tanqidiy yigʻilishda bildirilgan eʼtirozlar va ularni bartaraf etish yuzasidan berilgan topshiriqlarni shaxsiy tarkibga yetkazdi. Xizmatni oʻrnatilgan tartib va xizmat nizomi asosida tashkil qilinishi ustuvor vazifa ekanini hamda bu boradagi ishlar muntazam ravishda nazorat qilib borilishini alohida taʼkidladi.

IIBB Axborot xizmati

Text to speech