15 Fevral 2023 yil 513

Huquqbuzarlikni qayd etmaslik evaziga IIBga xodimlariga pora taklif qilgan uch nafar haydovchi ushlandi

Joriy yilning 28 yanvar kuni Toshkent tumani hududida xizmat vazifasini bajarayotgan YPX inspektori tomonidan 1987 y.t. haydovchi M.M. o‘ziga tegishli bo‘lgan Damas avtomobilni mast holatda boshqarganligi aniqlanadi va unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 131-moddasi 2-qismi ko‘ra maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasini jarima maydoniga joylashtiriladi.

Shundan so‘ng, fuqaro M.M. muammo yechimining noqonuniy yo‘lini tutib inspektorga avtomashinani jarima maydonidan chiqarish hamda ishini ijobiy hal qilib berish evaziga 500 AQSH dollar miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qiladi.

Biroq, inspektor qasamyodiga sodiq qolgan holda yuqori turuvchi rahbariyatga bildirgi bilan murojaat qiladi. Xodim bildirgisiga asosan IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Toshkent viloyati boshqarmasi va prokuratura xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Damas haydovchisi YPX inspektoriga 500 AQSH dollari miqdoridagi pulni pora sifatida berayotgan vaqtda ushlangan.

Shuningdek, Shaxsiy shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent tumanida o‘tkazilgan ikkinchi tezkor tadbirda, “Vaz-2106” avtotransport vositasini mast holatda boshqargan 1992 y.t. X.X. haydovchi mashinasini jarima maydonidan chiqarish hamda ishini ijobiy tomonga hal qilib berish evaziga yo‘l patrul xizmati inspektoriga 150 AQSH dollar miqdoridagi pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtda ushlangan.

Shu kabi, Shaxsiy shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi xodimlari tomonidan Qibray tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Labo avtomashinasini mast holda boshqargan 1979 y.t. haydovchi I.S. avtotransport vositasini jarima maydonidan chiqarish hamda ishini ijobiy hal qilib berish evaziga yo‘l patrul xizmati inspektoriga 200 AQSH dollar miqdoridagi pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIBB Axborot xizmati

Text to speech